Qozogʼiston bugʼdoy va un eksportini chekladi

Qozogʼiston qishloq xoʼjaligi vazirligi cheklov choralari ikki hafta mobaynida kuchga kirishi va 2022-yilning 15-iyuniga qadar amalda boʼlishini ta'kidlagan.

Qozogʼiston bugʼdoyining asosiy (90 foiz) xaridorlari Oʼzbekiston, Аfgʼoniston, Tojikiston va Qirgʼiziston hisoblanadi.

«Buyruq kuchga kirganidan soʼng 2022-yilning 15-iyuniga qadar bugʼdoy va un eksporti tasdiqlangan kvotalar doirasida amalga oshiriladi: bugʼdoy — 1 mln tonnagacha, un mahsulotlari — 300 ming tonna», — deyiladi Qozogʼiston qishloq xoʼjaligi vazirligi xabarida.