Qozog‘iston Senati raisi yetti yillik prezidentlik muddatini ma’qulladi

Qozog‘iston Senati (parlamentning yuqori palatasi) raisi Maulen Ashimbayev respublika rahbari Qosim-Jomart Toqayevning bir martalik yetti yillik prezidentlik muddatini joriy etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

“Mamlakatimiz fuqarosi bir muddatda prezident etib saylanishi uchun yetti yillik prezidentlik muddati joriy etilishi tarafdoriman. Bu respublikamizda siyosiy raqobatni rivojlantirish imkonini beradi va biz demokratik siyosiy mutanosiblikni shakllantirish yo‘lida jiddiy qadam tashlagan bo‘lamiz”.

Ashimboyevning so‘zlariga ko‘ra, bu norma “Qozog‘istonda hokimiyatning bir shaxs qo‘lida to‘planishini yanada cheklaydi.

“Saylovoldi dasturimizni amalga oshirish, alohida berilgan va’dalarni bajarish, mamlakat uchun bir qator yirik loyihalarni amalga oshirish uchun yetti yil yetarli vaqtdir. Mazkur loyiha Qozog‘istondagi siyosiy islohotlar dasturining bir qismidir. Bu hokimiyatni monopoliyadan chiqarish imkonini beradi”,- dedi Senat raisi.