Qozog‘istonda aholiga yordam ko‘rsatish uchun ijtimoiy jamg‘arma tashkil etildi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning topshirig‘iga binoan "Kazakstan xalkina" (Qozog‘iston xalqiga) jamoatchilik ijtimoiy jamg‘armasi tashkil etildi.
Jamg‘armani taniqli moliyachi, ilgari mamlakatning moliya vaziri bo‘lgan Bolat Jamishev boshqaradi, deb ma’lum qildi shanba kuni respublika hukumati matbuot xizmati.
Toqaev 11-yanvarda parlamentda chiqish qilganida, "Kazakstan xalkina" jamoatchilik ijtimoiy jamg‘armasini tashkil etish topshirig‘ini bergan edi. Jamg‘armaning oldiga qo‘yilgan vazifa sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohalarida muammolarni hal qilishdan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, jamg‘arma Respublika xavfsizligi va hududiy birligini himoya qilishda halok bo‘lgan huquq-tartibot organlari, maxsus organlar xodimlari, harbiy xizmatchilar oilalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Jamg‘arma xususiy va davlat manbalaridan shakllantiriladi. Toqaevning fikricha, yirik biznes va boy fuqarolar jamg‘armaga doimiy asosda yordam berishi kerak.






