Qozog‘istonda favqulodda holat tartibi nihoyasiga yetdi

Ommaviy tartibsizlik sabab shu yilning 5-yanvar kuni butun Qozog‘iston bo‘ylab joriy etilgan favqulodda holat 19-yanvarda bekor qilindi.

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqaev 5 yanvarga o‘tar kechasi fuqarolar xavfsizligiga jiddiy va bevosita tahdid tufayli Olmaota va Mang‘istauda 19 yanvar kuni soat 00.00 ga qadar favqulodda holat e’lon qildi. O‘sha kuni davlat rahbari mazkur tartibni mamlakatning boshqa barcha hududlariga ham joriy etdi. Qozog‘istonning 17 viloyatidan o‘ntasida Toqaev farmon bilan favqulodda holatni muddatidan avval bekor qildi.

19-yanvar yarim tundan boshlab Nur-Sulton va Almati shaharlari, shuningdek, Almati, Atirau, Jambil, Qizilo‘rda va Mang‘istau viloyatlarida favqulodda holat tartibi to‘xtatiladi”, — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Ualining ta’kidlashicha, prezident avvalroq boshqa hududlarda ham bunday rejimni oldindan to‘xtatgan edi.

"Shunday qilib, butun mamlakat normal hayotga qaytmoqda. Favqulodda holat davri uchun kiritilgan komendantlik soati va boshqa vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi", deb yozgan Uali.

Davlat rahbari matbuot kotibi “Xalq birligi va hamjihatligi, huquq-tartibot idoralari va armiyaning fidokorona mehnati tufayli butun Qozog‘istonda tartib va osoyishtalik o‘rnatilgani”ni ta’kidladi. “Yurtimizda hamisha tinchlik va farovonlik hukmron bo‘lsin!”, deya so‘zini yakunladi u.