Qozog‘istonda yopiq muassasalar va jamoat transportida niqob taqish majburiy etib belgilandi

Qozog'iston Sogʻliqni saqlash vaziri iyun oyining oʻrtalaridan boshlab mamlakatda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ortganini taʼkidladi. Ma'lumotlarga ko'ra, o‘tgan haftaga nisbatan kasallanish 2,9 barobarga oshgan.

Mamlakatdagi ushbu vaziyatdan kelib chiqib, quyidagi cheklovlar qayta joriy etildi:

bemor bilan yaqin aloqada bo'lgan shaxslarni masofaviy ish shakliga o'tkazish;

COVID-19 ga qarshi emlashga qarshi koʻrsatmalarga ega boʻlgan xodimlarni va homilador ayollarni masofaviy ishlarga oʻtkazish;

yopiq muassasalarda va jamoat transportida majburiy niqob taqish;

10 dan ortiq odam ishtirokidagi uchrashuvlarni onlayn formatga o'tkazish.

Shuningdek, havo va temir yoʻl transportida hamda xalqaro avtobus qatnovlarida niqob taqish tavsiya etildi.