Qoʼshinlarning jangovar shayligi va tayyorgarlik darajasi keskin oshmoqda

Prezident Qurolli Kuchlarimizning shakllanishi va isloh qilinishi haqida nutq so'zladi.
“Аlbatta, Qurolli Kuchlarimizning shakllanish jarayoni dunyoda va mintaqamizda murakkab harbiy-siyosiy vaziyat hukm surgan davrga toʼgʼri keldi.
Islohotlarimiz natijasida mamlakatimiz xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini taʼminlashga qodir boʼlgan, har tomonlama zamonaviy qurollangan, qudratli armiyamiz shakllanmoqda.
Biz 2016 - yilda Qurolli Kuchlarimiz faoliyatini chuqur oʼrgangan holda, harbiy qurilishning barcha yoʼnalishlari boʼyicha muhim qarorlar qabul qildik. Va besh yillik istiqbolga moʼljallangan, kechiktirib boʼlmaydigan kompleks choralarni koʼrdik.
Аniq maqsadga qaratilgan ana shunday ishlar natijasida, armiyamiz qiyofasi ham, harbiy xizmatning maʼno-mazmuni ham tubdan oʼzgarmoqda. Qoʼshinlarning jangovar shayligi va tayyorgarlik darajasi keskin oshmoqda”, dedi davlatimiz rahbari.






