Qulay nafaqa uchun zarur bo'lgan jamg'arma hajmi qancha? Investorlar fikri

Bloomberg butun dunyo bo‘ylab investorlar orasida keksalarning hisoblarida qancha pul bo‘lishi kerakligi haqida so‘rov o‘tkazdi. Tadqiqotda dunyoning barcha mintaqalaridan jami 553 nafar sarmoyador ishtirok etdi. So'rov natijalariga ko’ra, ishtirokchilarining aksariyati 3 milliondan 5 million dollargacha bo'lgan miqdorni ko’rsatgan.

Mintaqalar bo‘yicha 3 million dollardan 5 million dollargacha bo‘lgan mablag‘ni Afrika, Avstraliya va Okeaniya investorlarining 50 foizi, Janubiy Amerikadagi investorlarning 33 foizi, Shimoliy Amerikadagi investorlarning 31 foizi, Osiyodagi investorlarning 24 foizi, Yaqin Sharqdagi investorlarning 22 foizi qulay deb hisoblagan.

Barcha mamlakatlardan kelgan so‘rov ishtirokchilarining yana uchdan bir qismi qulay pensiya olish uchun zarur bo‘lgan 5 million dollardan ortiq mablag‘ni qayd etgan. Bularning aksariyati Shimoliy Amerika va Osiyoda (mos ravishda 42 va 35%). Yaqin Sharqda investorlarning 33 foizi, Yevropa va Avstraliyada esa 23 foizi ham shunday javobni bergan.