Radar o'rnatish joylari savdoga qo'yildi

IIB YHXBB habar berishicha, Vazirlar mahkamasining 21 apreldagi 2320 son qaroriga muvofiq radar va kameralar o'rnatish joylari "E-auksion" orqali savdoga qo'yiladi.

Ob’ekt onlayn-auksionda g‘olib bo‘lgan tadbirkorga mulk huquqi asosida cheklanmagan muddatga, boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi. Lotning joy dislokatsiyasi, hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi.

Hozirda Xorazm viloyatining Bog'ot tumanida 4 ta intelektual va 2 ta statsionar radar o'rnatish joylari sotuvga qo'yilgan.

Xorazm viloyatining Xiva shahrida 4 ta intelektual va 1 ta statsionar radar o'rnatish joylari onlay auksionda sotuvga qo'yilgan.

Hamda, Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 1 ta intelektual va 1 ta statsionar radar joylari sotuvga chiqgan.

Kameralar o'rnatish joylarining boshlang'ich narxi 1 470 000 so'mdan 3 920 000 so'mgacha belgilangan.