Ramazon hayitida oʻzbekistonliklar 4 kun ketma-ket dam oladi

Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi. Qarorga muvofiq, Oʻzbekistonda 21-aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlaniladi.

Shu munosabat bilan quyidagi kunlar dam olish kuni bo‘ladi:

• 21 aprel, juma — Hayit bayrami;

• 22 aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

• 23 aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;

• 24 aprel, dushanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasidagilar uchun ko‘chirilgan (29 aprel shanbadan) dam olish kuni bo‘ladi.