Rasman! Baxtiyor Saidov Tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Baxtiyor Odilovich Saidov Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bundan ilgariroq Baxtiyor Saidovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Tayinlovga qadar, diplomat O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgandi.

Baxtiyor Saidov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavriat va magistratura), shuningdek, Jahon savdo tashkiloti instituti (Shveysariya) bitiruvchisi.

U 2009-2013 yillarda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda turli rahbarlik lavozimlarida, jumladan, Vazirlar Mahkamasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi, shuningdek, “O‘zbekengilsanoat”da mehnat qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri sifatida faoliyat yuritgan.