Rasman: O'zbekiston fuqarolari 15 kunga Rossiyaga kirishda ro'yxatdan o'tishdan ozod etildi

 
Rossiya prezidenti V.Putin RF va O‘zbekiston o‘rtasidagi bir davlat fuqarolari boshqa davlat hududiga kirgan kundan boshlab 15 kun ichida majburiy ro‘yxatdan o‘tishni bekor qiluvchi kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
 
Bitim 2021 yil 21 mayda Moskvada va 2021 yil 17 iyunda Toshkentda imzolangan.
 
Qayd etilishicha, kelishuvning amalga oshirilishi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
 
Eslatib o'tamiz, ushbu qonun qabul qilinishidan oldin O'zbekiston fuqarolari Rossiya hududida yetti kun ichida majburiy ro'yxatdan o'tmasdan qolishlari mumkin edi. Rossiya fuqarolari esa O'zbekiston hududida uch kun ro'yxatga olinmasdan qolishlari mumkin edi.