Rasman: Toshkent boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 2023-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Iordaniyaning Ummon shahrida 7-noyabr kuni Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida Toshkent 2023-yilning 1-14-may kunlari Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi rasman tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston mezbonligidagi musobaqada rekord darajadagi mukofot pullari beriladi. Jahon chempionatining mukofot jamg‘armasi 5,2 million dollarni tashkil etadi. Oltin medal egalari 200 ming, ikkinchi o‘rinlar 100 ming va bronza medal egalari 50 ming dollarga sazovor bo‘ladi.
P.S. Boks bo‘yicha Jahon chempionati 1974-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. 1986-yilga qadar har to‘rt yilda bir bo‘lgan musobaqa 1989-yildan boshlab har ikki yilda o‘tkazilib kelinmoqda. Mamlakatimiz ilk bor mazkur turnirga mezbonlik qiladi.






