Rasul Kusherbayevning deputatlik vakolati muddatidan oldin tugatildi

Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida maʼlum boʼlishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning deputatlik vakolati oʼz arizasiga muvofiq muddatidan oldin tugatildi.

Ta'kidlanishicha, Kusherbayev arizada deputatlikdan ketish sababini ko'rsatib o'tmagan.

Majlisda qayd etilishicha, deputatning vakolatlari quyidagi holatlarda muddatidan oldin tugatilishi mumkin:

    deputat o'z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish uchun ariza bergan taqdirda;
    deputat qonunga ko'ra, o'z vakolatlarini amalga oshirishda nomuvofiq bo'lgan lavozimga saylansa yoki tayinlansa;

Kusherboyev birinchi holatga ko'ra ya'ni o'zi deputatlikdan ketish haqida ariza bergan. Shunga ko'ra qaror loyihasi tayyorlangan.