RDIUda O'zbekiston vaRossiya o'rtasidai ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Xususan, mehnat migrantlari va atom stansiyasini qurish masalalari ko'rib chiqildi.
Rostov davlat iqtisodiyot universitetida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanishiga bag'ishlangan "O'zbekiston va Rossiya hamkorlikning hozirgi bosqichida" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Rostov shahridagi mamlakatimiz bosh konsulxonasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda konsullik korpusi rahbarlari, Rostov viloyati administratsiyasi, Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakolatxonalari, oliy o'quv yurtlari xodimlari, jamoat arboblari, ekspertlar, o'qituvchilar, aspirantlar va RDIU talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda Toshkentning Janubiy va Sharqiy yo'nalishdagi transport yo'laklarini diversifikatsiya qilish keng muhokama qilindi. Shuningdek, yirik hamkorlik loyihalari, jumladan, Qandim GPZ, Toshkent metallurgiya zavodi, NKMK, Chirchiq shahrida Rostselmash kombaynlari yig'ilishi hamda atom elektr stansiyasini qurish loyihasi alohida qayd etildi.
O'zbekistonda rus tilini o'rganish dasturlarini rivojlantirish, Rossiya hududida O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridan kelgan mehnat migrantlarining sonini oshirish bo'yicha ma'lumot berildi.
Tadbir yakunida RDIU "xalqaro munosabatlar" kafedrasi talabalari tomonidan tayyorlangan "O'zbekiston haqida qiziqarli faktlar" viktorinasi bo'lib o'tdi. Faol talabalarga mamlakatimiz Bosh konsulligi esdalik sovg'alari topshirildi.






