«Redan» harakati voyaga yetmagan yoshlarni ongini zaxarlamoqda

Muqaddam bir nechta davlatlarda turli buzg‘unchi va adovat g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi “Redan” harakati Toshkent shahriga kirib kelgani va o‘zining guruhini tashkil etgani haqida IIBB xabar bergan edi.

Joriy yilning 5-mart kuni ushbu guruh aʼzolari tomonidan soat 18.00 da Forumlar saroyi oldida yig‘ilish o‘tkazilishi va pnevmatika, sovuq qurollar, o‘qotar qurollar bilan qurollanib kelishligi haqida xabar chiqarilgan. Mazkur xabarlarni tekshirish va jamoat tartibi buzilishini oldini olish maqsadida Toshkent shahar IIBB tomonidan maxsus tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

5-mart kuni taxminan soat 18.00 larda poytaxtimizning xalqaro Forumlar saroyi oldida 50 ga yaqin voyaga yetmaganlar to‘planganligi aniqlandi. Ular Yashnobod tumani IIO FMBga olib borilib, profilaktik suhbat o‘tkazildi. O‘rganishlar jarayonida 9 nafar voyaga yetmagan shaxslar ijtimoiy tarmoqlardagi “Redan” kanaliga aʼzoligi aniqlandi. Barcha voyaga yetmagan shaxslar shu kunning o‘zida ota-onasi yoki yaqinlari bilan birga uyiga qo‘yib yuborilgan, hech kim protsessual tartibda ushlanmagan.