Reklama to’g’risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik mavjud

Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan noto‘g‘ri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, xuddi shuningdek reklama qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1,5 mln so‘mdan 2,1 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri maʼlumotlar taqdim etganlik, shuningdek vakolatli davlat organining reklama to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmasini o‘z muddatida bajarmaganlik BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.