Rekord: Bir kunda eng ko'p sotilgan 1 TB xotirali smartfon

Realme GT Neo5 smartfoni 9-fevral kuni taqdim etildi va Xitoyda faqat bugun yarim tunda sotuvga chiqdi.

Realme allaqachon Realme GT Neo5 bir necha soat ichida JD.com va Tmall platformalarida sotuvi (kuniga) bo‘yicha o‘tgan yil davomida chiqarilgan 1 TB flesh-xotiraga ega barcha Android smartfonlaridan o‘zib ketganini e’lon qildi.

Eslatib o'tamiz, Realme GT Neo5 ning 240 vatt quvvatga ega, 16 Gb tezkor va 1 TB doimiy xotirani qo'llab-quvvatlaydigan top versiyasi 515 dollar turadi, bu esa qurilmani tarixdagi ushbu hajmdagi flesh-xotiraga ega eng arzon telefonga aylantiradi. Ushbu versiya oldindan buyurtma bosqichida to'liq sotilgan.

Realme GT Neo5 Snapdragon 8+ Gen 1 SoC, 6,7 dyuymli 144 Gts chastotali AMOLED tekis ekran, 1,5K piksellar soniga ega. U OISga ega 50 megapikselli Sony IMX890 kamerasi bilan jihozlangan. Smartfon ikkita versiyada: 150 va 240 vatt quvvatli versiyalariga ega. Ular batareya quvvati sig'imi bilan farqlanadi.