Respublika bo‘ylab Qurbon hayiti namozi o‘qilmaydi

16-iyulda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining koronavirus (COVID-19) vabosining keng tarqalishi oldini olish bo‘yicha fatvosi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
- pandemiya yanada avj olmasligi maqsadida Qurbon hayiti namozi o‘qilmaydi, o‘rniga uyda Zuho namozini o‘qish tavsiya etiladi;
- juma namozlari ham vaqtincha o‘qilmaydi. Boshqa namozlar karantin talablariga rioya qilib, masjidlarning ochiq sahnlarida ado etiladi;
- isitma, yo‘tal alomatlarini his qilganlar, keksalar va kichik yoshdagilarga jamoat namozlarida ishtirok etish tavsiya etilmaydi;
- keksalar va bemorlardan xabar olish va hayit bilan tabriklash va boshqa an’analarni telefon orqali amalga oshirish tavsiya etiladi;
- janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida, xonadonlarda o‘qiladi.






