Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari isloh etiladi

Prezidentning “Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga ko’ra, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengashi (S.U. Umurzakov) maʼmuriy islohotlar birinchi bosqichida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini 2023-yil 1-yanvarga qadar, ikkinchi bosqichida esa mahalliy davlat hokimiyati organlarini 2023-yil 1-aprelga qadar isloh qilish boʼyicha choralar koʼrilishi taʼminlanadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi (А.N. Аripov) 2023-yil 1-fevralga qadar mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʼgʼrisida”gi yangi qonun loyihasin kiritiladi:

-Hukumat aʼzolarining Bosh vazir bilan toʼgʼridan-toʼgʼri ishlash mexanizmlarini belgilash, ularning Vazirlar Mahkamasida qarorlar qabul qilish jarayonidagi maqomini oshirish;
-hududlar, infratuzilma, iqtisodiyot, moliya, pul-kredit, shuningdek, ijtimoiy sohaning rivojlanishini taʼminlashda Hukumatning masʼuliyatini tubdan oshirish;
-Hukumat aʼzolarining boshqaruv, kadr, moliya va boshqa yoʼnalishlardagi mustaqilligini oshirish va masʼuliyatini kuchaytirish;
-respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, shu jumladan hududiy boʼlinmalar kesimidagi har birining maqomi, ularni tashkil etish va tugatishning aniq tartibi hamda bir-biridan farqlovchi mezonlarni belgilaydi.