Respublikada faoliyat koʼrsatayotgan xususiy korxonalar soni 92 839 tani tashkil etdi

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning 1-dekabr holatiga respublikamizda faoliyat koʼrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʼjaliklarisiz) soni 588 823 ta boʼlib, shundan xususiy korxonalar soni 92 839 tani tashkil qildi.

Hududlar kesimida xususiy korxonalar soni:

    Toshkent shahri – 12 081 ta;
    Fargʼona viloyati – 11 741 ta;
    Qashqadaryo viloyati – 10 682 ta;
    Samarqand viloyati – 8 548 ta;
    Surxondaryo viloyati – 7 354 ta.

Xususiy korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʼyicha soni:

    savdoda – 38 402 ta;
    sanoatda – 15 952 ta;
    yashash va ovqatlanish boʼyicha xizmatlarda – 8 017 ta;
    qurilishda – 6 885 ta;
    qishloq, oʼrmon va baliqchilik xoʼjaligida – 6 423 ta.