Riga porti va «O‘zbekiston temir yo‘llari» yuk tashish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda

Riga porti maʼmuriyati “Oʻzbekiston temir yoʻllari” bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjatda Latviya porti hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish, shuningdek, transport-tranzit salohiyatidan yanada samarali foydalanishga ko‘maklashish maqsadida axborot ta’minoti ko‘zda tutilgan.

Tomonlar Latviya va O‘zbekiston o‘rtasida hamda qarama-qarshi yo‘nalishda import, eksport, tranzit yuk oqimlari uchun qulay va raqobatbardosh sharoitlar yaratishga kelishib oldilar.

Memorandumning imzolanishi, shuningdek, Riga portiga yuk egalari va potentsial mijozlarni xabardor qilish uchun uning ishi, xizmatlari, ularning narxi, hamkorlik shartlari hamda mumkin bo‘lgan imtiyozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston temir yo‘l kompaniyasining rasmiy veb-saytiga joylashtirish imkoniyatini beradi.