Robotlar endi odam terisi bilan qoplanadi

So’nggi tadqiqotlarda, olimlar birinchi marta robot barmog’iga odam terisiga o’xshash teri qoplashga muvaffaq bo’lishdi.

Robotlarni yasashda keng qo‘llaniladigan sun’iy teridan farqli o‘laroq, bu teri tirikdir, dedi Tokio universiteti Sanoat fanlari instituti mexanik va biofunksional tizimlar bo‘limi professori va loyiha yetakchisi Shoji Takeuchi.

"Tirik teri - bu robotlarga tirik mavjudotlarning ko'rinishi va hissiyotini berish uchun yakuniy yechim", dedi Takeuchi.

Uning tadqiqot guruhi tajriba uchun robot barmoqni tanladi, chunki bu mexanizm yaxshi o‘rganilgan va robotning muhim qismidir, dedi u.

Takeuchining aytishicha, yangi terining tuzilishi inson terisi bilan o’xshash holda yaratilgan.

Avvalo, robot barmoq kollagen (tolali oqsil) va inson terisini tashkil etuvchi ikkita asosiy komponent hisoblangan inson teri fibroblastlari eritmasiga botirildi. Dermal fibroblastlar teri biriktiruvchi to'qimalarining asosiy hujayra turidir.

Eritma barmoq atrofida moslashgandan so'ng, Takeuchi tashqi tomondan inson epidermal keratinotsitlarini qo'lladi. Uning so'zlariga ko'ra, keratinotsit inson epidermisini, ya’ni, terining eng tashqi qatlamini tashkil etuvchi hujayraning asosiy turidir.

Sinovlarda elastik teri erkin harakatlarni namoyish etdi, deydi Takeuchi. Jamoa barmoqning shikastlangan qismiga tuzatish uchun kollagen bandaj qo‘ydi.
Oqsil terini tiklagandan so‘ng robot yana erkin harakatlana oldi.

Teri, shuningdek, suv o’tkazmaydi. Bu esa robotning bajarishi mumkin bo’lgan vazifalar qatorini kengaytiradi.