Rossiya Afg'oniston mojarosi bilan O'zbekistonga yordam ko'rsatishga tayyorligini bildirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan O'zbekiston bilan doimiy aloqada, dedi Rossiya tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Andrey Rudenko.

"Albatta, biz Afg'onistondagi vaziyatning murakkablashib borayotgani va uning Markaziy Osiyoning qo'shni davlatlariga salbiy ta'sir ko'rsatishdan xavotirdamiz, shuning uchun biz o'zbekistonlik hamkasblarimiz bilan doimiy aloqadamiz. O'zbekiston bizning ittifoqdoshimiz va strategik sherikimizdir. Agar zarurat tug'ilsa, do'stlarimizga yordam ko'rsatishga tayyormiz", - dedi Rudenko.

Afg'oniston hukumati va “Tolibon” harakati o'rtasida faol harbiy qarama-qarshilik davom etmoqda. Hozirgi kunda Afg'onistonda vaziyat o'ta beqaror, chunki AQSh ma'muriyati amerikalik harbiylarning Afg'oniston hududini 11-sentabrgacha tark etishlarini va’da qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, Qatarda AQSh va Tolibon o’rtasida 29-fevral kuni imzolangan bitimga ko'ra, xorijiy askarlar 14 oy ichida Afg’onistonni tark etishi, Afg’oniston hududida Amerika va uning ittifoqchilariga qarshi terror xurujlari amalga oshirilmasligi hamda afg’onlar o’rtasida bevosita muzokaralar boshlanishi kerak.