Rossiya banki chet elga pul o'tkazmalari limitini uch baravarga oshirdi

Joriy yilning 8-iyunidan boshlab Rossiya banki jismoniy shaxslarga 1 oy davomida 150 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan mablagʻni yoki boshqa xorijiy valyutadagi ekvivalentini Rossiya bankidagi hisob raqamidan chet eldagi hisob raqamiga yoki boshqa shaxsga oʻtkazishga ruxsat beradi.

Rossiya Markaziy banki matbuot xizmatining xabar berishicha, norezidentlar — “do'st mamlakatlar”dan kelgan jismoniy shaxslar ham 150 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan mablagʻni xorijiy hisob raqamlariga o'tkazishlari mumkin. May oyining o'rtalarida limit 50 ming dollar etib belgilangan edi.

Shuningdek, pul oʻtkazmalari tizimlari orqali joʻnatish limiti ikki baravar oshirildi. Agar ilgari hisob ochmasdan turib, xizmatlar orqali har oyda 5 ming AQSH dollarini o‘tkazish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu 10 ming dollarni tashkil etmoqda.

Barcha norezidentlar uchun maosh shaklida oladigan mablag'larni chet elga o'tkazish imkoniyati saqlanib qolmoqda.