Rossiya banklarini SWIFTdan uzish haqida qat'iy talablar yangray boshladi

G'arb yangi sanksiyalarni e'lon qilmoqda, kecha oqshom NATOning qator a'zolari tomonidan Rossiya banklarini SWIFTdan uzish haqida qat'iy talablar yangray boshladi. AQSh Ukrainaga 600 mln dollarlik tezkor moliyaviy yordam ajratdi.

P.S. SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications) — Butunjahon banklararo moliyaviy kanallar jamiyati hisoblanadi.

19 ta mamlakatning 248 ta banklar taʼsischiligida, 1973-yilda Bryusselda tashkil topgan bu tizim raqamli axborot uzatish hamda toʼlovlarni amalga oshirishning xalqaro banklararo vositasidir. Ushbu tizim butun dunyo boʼylab moliya institutlariga moliyaviy operatsiyalarni xavfsiz, standartlashtirilgan va ishonchli tarzda yuborish va olish imkonini beradi.

SWIFT — Belgiya qonunchiligi asosida tashkil etilgan kooperativ jamiyat boʼlib, u oʼzining taʼsischi-aʼzolariga tegishlidir. 2015-yil holatiga koʼra, dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida 11 mingdan ortiq moliya institutlari, shu jumladan 1000 ga yaqin korporatsiyalar SWIFT aʼzosi hisoblanadi. Oʼrtacha hisobda, kuniga 30 milliondan ortiq operatsiyalarni amalga oshiriladi.