Rossiya oziq-ovqat mahsulotlarini xorijga yetkazib berish hajmi 12 foizga oshgan

Ma’lum qilinishicha, 2022-yilda Rossiya oziq-ovqat mahsulotlarini xorijga yetkazib berish 2021-yilga nisbatan 12 foizga oshgan. Jami 70 mln tonna mahsulot xorijga jo‘natilgan.

Bu haqda TASS RF Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabariga tayanib ma’lum qildi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin bunga eksport oqimlarini qayta yo‘naltirish, yangi logistika zanjirlari va moliyaviy operatsiyalarni barpo etish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratish evaziga erishilgan. U joriy yilda Rossiyaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti salohiyatini kengaytirish maqsadida yangi bozorlarni ochish bo‘yicha ishlar davom ettirilishini ta’kidlagan.