Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari tobora rivojlanib, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini qamrab olmoqda – Matviyenko

Sankt-Peterburgda uchinchi Yevroosiyo ayollar forumi start oldi.

Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko uchinchi Yevroosiyo ayollar forumida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashdi. Unda parlamentlararo hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

FK raisining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-O'zbekiston munosabatlari izchil rivojlanib, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini qamrab olgan. "Biz hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarish, uni yangi loyihalar bilan to‘ldirishdan manfaatdormiz".

Bundan tashqari Matviyenko O‘zbekiston delegatsiyasining MDH parlamentlararo Assambleyasining turli komissiyalarida faol ish olib borayotganini ta‘kidladi. "Ikki va ko‘p tomonlama formatlarda samarali hamkorlikni davom ettirishga qaratilgan".

Uchrashuv ishtirokchilari Rossiya va O‘zbekistondagi saylov jarayonlariga kuzatuv missiyasini yuborish masalalariga ham to‘xtaldi.

Tanzila Narbayeva ikki tomonlama munosabatlarning, jumladan, iqtisodiyot va migratsiya sohalariga yuqori baho berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat parlamentariylarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan ikki tomonlama loyihalarni yaqindan kuzatib borish zarur.