Rossiya qit’alararo ballistik raketani sinovdan oʻtkazdi

Rossiya Mudofaa vazirligi qit’alararo ballistik raketa muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, Astraxan viloyatidagi Kapustin Yar poligonidan uchirilgan qitʼalararo ballistik raketaning jangovar kallagi Qozog‘istondagi Sari-Shagan poligonida nishonga tekkan.

Vazirlik tarqatgan bayonotga koʻra, bu amaliyot qit'alararo ballistik raketalar uchun istiqbolli jangovar texnikani sinovdan o'tkazish edi. Yangi strategik raketa tizimlarini yaratishda foydalaniladigan sxema va texnik yechimlarning toʻgʻriligini tasdiqlash imkonini bergan.