Rossiya restoratorlarining Oʼzbekiston mahsulotlariga qiziqishi ortib bormoqa

Rossiyalik restoratorlar oʼzbekistonlik meva-sabzavot, gazmol va vino ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatishga tayyor.
Bu haqida Rossiya restoratorlari va otelerlari federatsiyasi (RROF) prezidenti Igor Buxarov maʼlum qildi.
Ma’lumotlarga ko’ra, u Oʼzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Аsadov bilan uchrashgan. Uchrashuvda tomonlar Rossiya restoranlari va mehmonxonalari uchun Oʼzbekiston mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan muhokamalar olib borishgan.
“Bizni sabzavot, meva va yongʼoqlar qiziqtiradi. Oʼzbekistonda bir qancha agrosanoat klasterlari mavjud. U yerda paxtadan gazlama tayyorlovchi mehmonxona hamda restoranlar uchun mato toʼquvchi yengil sanoat klasterlari ham bor va ular bu mahsulotni yetkazib berishga tayyor”, deya qayd etgan Buxarov.
Uning soʼzlariga koʼra, ilgari Oʼzbekiston mahsulotlari asosan bozor uchun yetkazib berilgan, restoranlar bilan hamkorlik esa yoʼlga qoʼyilmagan.






