Rossiya sayyohlar orasida mashhur bo’layotgan Samarqandda Bosh konsulligini ochmoqchi

“Kommersant” gazetasining yozishicha, Rossiya Grodno (Belarus), Aktau (Qozog‘iston), Samarqand (O‘zbekiston), Male (Maldiv orollari) va Denpasar (Bali, Indoneziya) shaharlarida konsullik ochishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Ivanov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, departament Rossiyaning yirik rus diasporalari, shuningdek, sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan hududlarda konsullik faoliyatini kuchaytirmoqchi.

Yanvardan sentabrgacha O‘zbekistonga 318 156 nafar rossiyalik kirgan, deya qayd etgan gazeta.

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot kotibi Dmitriy Danilovning ta’kidlashicha, hozir bu masala qizg‘in ishlab chiqilmoqda va Samarqand tasodifan tanlanmagan.