Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSHga bordi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun, 24-aprel kuni Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu-York shahriga yetib bordi. U BMT Xavfsizlik kengashining navbatdagi sessiyasida ishtirok etadi.

Lavrov 25-aprel kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashishi kutilmoqda. Bundan tashqari, u bir qator davlatlarning bosh diplomatlari, jumladan, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenni Rossiya raisligidagi BMT Xavfsizlik kengashi sessiyalarida ishtirok etishga taklif qildi. Lavrov va Blinkenning BMTda yuzma-yuz muloqoti masalasi hozircha nomaʼlum.

Eslatib oʻtamiz, Qo'shma Shtatlar rossiyalik jurnalistlarga BMT Xavfsizlik kengashiga tashrif buyurish uchun viza berishdan bosh tortdi. Lavrov AQShning bunday xatti-harakatlarini ahmoqlik deb atadi va Moskva buni "unutmaydi va kechirmaydi” deya va'da berdi.