Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi Istanbulda bo‘lib o‘tadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Tayyip Erdog‘an yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi raundi Istanbulda o‘tkazilishiga kelishib oldilar.

Avvalroq delegatsiyalar muzokaralarning navbatdagi yuzma-yuz raundini 29-30 mart kunlari o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgani ma’lum bo‘lgan edi.

"Muzokaralar chogʻida Rossiya-Ukraina urushidagi soʻnggi vaziyat va muzokaralar jarayoni muhokama qilindi. Prezident Erdogʻan va Rossiya Prezidenti Putin Rossiya - Ukraina muzokaralar delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvini Istanbulda oʻtkazishga kelishib oldilar", — deyiladi Turkiya prezidenti delegatsiyasi xabarida.

Erdog‘an, shuningdek, Anqara Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlikni mustahkamlashda davom etishini ta’kidladi. "Prezident Erdogʻon imkon qadar tezroq Rossiya va Ukraina oʻrtasida sulh va tinchlik oʻrnatish, shuningdek, mintaqadagi gumanitar vaziyatni yaxshilash zarurligini qayd etdi. Turkiya bu jarayonga oʻz hissasini qoʻshishda davom etishini qoʻshimcha qildi”, — deyiladi xabarlarda.