Rossiya Vostochniy kosmodromini qurish uchun 10 ming nafar o‘zbekistonliklarni fuqarosi jalb qilinadi

Rossiya hukumati O‘zbekistondan 10 ming nafar muhojirni qurilish ishlariga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihani tasdiqladi.

Tegishli qarorni Bosh vazir Mixail Mishustin imzoladi.
Qarorga ko‘ra, 10 ming koronavirusga qarshi emlangan muhojirlar muayyan firmalarga yuboriladi.

“Qurilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi Rossiya yuridik shaxslari O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qiladi", deyiladi qarorda.

Bu boradagi ma’suliyat Rossiyaning qator idoralariga yuklatiladi.

Bundan tashqari, qurilish vazirining o‘rinbosari Nikita Stasishin o‘zbekistonlik migrantlar "yirik infratuzilma obyektlari", shu jumladan, Vostochniy kosmodromini qurilish jarayoniga jalb etilishini ma’lum qildi. Patentda ular ishlaydigan kompaniyalar ko‘rsatiladi.