Rossiya Xalqaro sayyohlik tashkilotini tark etdi

Rossiya Xalqaro sayyohlik tashkiloti (XST)ni tark etdi Bu haqdagi farmoyishni RF Bosh vaziri Mixail Mishustin imzoladi. Hukumat shu tariqa Tashqi ishlar vazirligi kiritgan taklifni qabul qildi.
Qarorgohi Madridda joylashgan XST Birlashgan Millatlar Tashkilotining turizm sohasini taraqqiy ettirishga ixtisoslashgan hukumatlararo muassasasi bo‘lib, tuzilmaga 158 mamlakat a’zo.
AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Yangi Zelandiya kabi bir qator turizmi rivojlangan mamlakatlar XSTga kirmagan.
Aprel oyida Rossiya - Ukraina munosabatlarini inobatga olib, XST Rossiyani safdan chiqarish to‘g‘risida taklif kiritdi. Tashkilot doirasida bu masala ko‘rib chiqilguncha, Rossiyaning o‘zi XSTdan chiqishi to‘g‘risida e’lon qildi.






