Rossiyada avtomobillar savdosi 50 foizga qisqarishi mumkin

Rossiyada 2022-yilda yengil avtomobillar savdosi 50 foizga qisqarishi mumkin, dedi Yevropa biznes assotsiatsiyasi (EBА) avtomobil ishlab chiqaruvchilari qoʼmitasi raisi Аleksey Kalitsev Rossiya avtomobil dilerlari assotsiatsiyasining yillik uchrashuvida.

Uning aytishicha, Rossiyada avtomobillar savdosi yaxshi senariy boʼyicha ketsa, bu yil 800 ming donani tashkil etishi mumkin.

"Oʼylashimcha, yetkazib berishdagi aniqlik kelgusi choraklikda koʼzga tashlanadi. Men ikkinchi choraklik davomida vaziyat yaxshilanishidan umid qilmayapman. Ikkinchi choraklik mavjud barcha masalalarni bartaraf qilish davri boʼladi.

Аgar jarayon ijobiy senariy boʼyicha ketsa, biz ishlab chiqarishni boshlaymiz. Аgar ishlab chiqarishni uchinchi choraklikdan ham kechroq boshlasak, u holda savdo battar pasayadi", dedi u.