Rossiyada qolgan xorijiy brendlar

Rossiyada ish faoliyatini olib borgan ko'plab xorijiy kompaniyalar rus bozorini tark etishlarini e'lon qildilar. Ammo ularning hammasi ham Rossiyani tark etmagan. “Reebok” endi “Sneaker Box”, “Levi's” – “JNS” va “Panasonic”- Eplaza deb o'zgartirildi.

Chet el kompaniyalarining katta qismi mamlakatda yangi brendlar yoki yangi egalar bilan ishlashni davom ettirdilar.

Qaytish/qolish yo'lini topgan brendlar:

• “Panasonic” - “Eplaza” nomi bilan Rossiyada o'z faoliyatini davom ettiradi;
• “Reebok” - “Sneaker Box” brendi ostida Rossiya bozoriga qaytdi;
• “Levi's” – “JNS” brendi ostida Rossiya bozoriga qaytdi;
• “Crocs” – Rossiyada do'konlar faoliyatini qayta boshladi;
• “Tous” zargarlik brendi- “Rashel Group” yordamida mamlakatda ishlaydi;
• “Valio” – “Viola” brendi bilan bozorga qaytadi;
“Helly Hansen” - brend faoliyatini qayta boshlash uchun brend nomini "Хансен"ga o'zgartirib yangi brend egalari bilan muzokaralarga kirishdi;
• “LPP SA” (Reserved, Cropp, House, Mohito va Sinsay brendlari) – Rossiya biznesini Xitoy investorlariga sotdi. Do'konlar ushbu yangi brendlar ostida ochildi Reserved-RE, Cropp-CR, Sinsay-sin, House-XC, Mohito-M;
• “Paulig Group” - O'z biznesi va Tverdagi zavodini Xindiston fuqarosi bo'lgan Vikasu Soiga sotdi. Endi kompaniya "Milfoods" MCHJ deb nomlanadi va yangi Poetti brendi ostida kofe ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda;
• “Independent Media” - brendlarini qayta ishga tushirilishini e'lon qildi (Cosmopolitan-VOICE, Esquire - "Правила жизни", Men’s Health-Men Today, “Домашний очаг” – "Новый очаг", Harper's Bazaar-The Symbol, "Популярная Механика" - TechInsider);
• “Ernst &Young”(EY) - Rossiya bo'limi B1 brendi ostida mustaqil tashkilot sifatida ishlashni davom ettirmoqda;
• “Deloitte”-Rossiya va Belorussiyadagi ofislari "Деловые решения и технологии" yangi nomi ostida ishlashni davom ettirmoqdalar;
• “PwC” – "Ishonch texnologiyalari" nomi ostida o'z ishini davom ettirmoqda;
Mahalliylashtirilgan brendlar:

• “Renault” Zavodi - "Москвич";
• “McDonald's” - "Вкусно и точка";
• “Yum!” Brendlar (KFC va Pizza Hut) – Pizza Hut egalik huquqlarini mahalliy operatorga topshirdi. Moskva va Sankt-Peterburgda "Пицца Н" belgilari paydo bo'la boshladi;
• “Coca-Cola” – “Coca-Cola HBC” kompaniyasining Rossiya bo'limi “Multon Partners” deb o'zgartirildi. Endi mashhur gazlangan ichimlik "Добрый cola" brendi ostida sotiladi;
• “L'Occitane”-Rossiya yuridik shaxs ta'sischilarini almashtirdi, endi do'konlar "Л'Окситан" belgisi ostida ishlaydi;
• Starbucks-yangi egalariga ega bo'ldi va o'z nomini Stars Coffee deb o'zgartirdi;
• Sephora (LVMH) – o'z do'konlarini mahalliy boshqaruvga sotadi. Keyingi ishlar "Ile de Beauté" brendi ostida amalga oshiriladi;
• Shell - "Lukoyl"ga aktivlarini sotdi, yoqilg'i quyish shoxobchalari va Torjkdagi moylash materiallari zavodi Finlyandiyaning “Teboil” brendi ostida ish olib boradi;
• “OBI” – rus ishbilarmoniga sotilgan.
Qaytishni rejalashtirayotgan brendlar:

• “IKEA”-Rossiyada o'z biznesining xaridorini izlamayapti va yaqin ikki yil ichida yana do'kon va omborlarni ochishni rejalashtirmoqda. Kompaniyaning 700 ga yaqin xodimi o'z ishini davom ettiradi;
• “Inditex” (Zara, Bershka, Oysho, Massimo Dutti brendlariga egalik qiladi) – Rossiyada o'z tovarlari uchun sertifikatlar va muvofiqlik deklaratsiyalarini ro'yxatdan o'tkazishda davom etmoqda;
• “Volkswagen” - Rossiyaning barcha aktivlari hali ham brendga tegishli;
• “Adidas” va “Puma” - rus chakana savdo sotuvchilardan 2023 yilgi to'plam uchun buyurtmalar qabul qilmoqda.