Rossiyada Qurʼon yoqib yuborilishi ortidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Rossiyaning Moskva shahri sharqidagi Oq ko‘l hududida musulmonlarning muqaddas kitobi — Qur’onni karim yoqib yuborilishi ortidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Huquq organlarini gumonlanuvchining shaxsini aniqlamoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, politsiya ijtimoiy tarmoq monitoringi chogʻida Qurʼonni tahqirlash jarayoni aks etgan videoni aniqlagan. Taxminlarga ko'ra, bu Moskvaning Sharqiy okrugi hududida amalga oshirilgan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan barcha holatlarni aniqlashtirish, gumonlanuvchining shaxsni aniqlash va qoʻlga olishga qaratilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazilmoqda", deydi Rossiya IIV Moskva bosh boshqarmasi matbuot xizmati bayonotida.






