Rossiyada vodorod turbinalari

Rossiya yaqin besh-olti yil ichida vodorod turbinalarini qurish va elektr energetika sanoatining bir qismini vodorodga aylantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ma’lum qildi.
“Besh-olti yil ichida biz energiya ishlab chiqarishning bir qismini eng ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazish uchun vodorod turbinalarini yaratish bo‘yicha ishlarni yakunlashni kutmoqdamiz”, dedi Manturov.
Vazir Italiya kompaniyalarini Iqtisodiy va sanoat hamkorlik bo'yicha Rossiya-Italiya kengashi yig'ilishida Rossiyaning ekologik loyihalarini amalga oshirishga qo'shilishga taklif qildi. Manturovning so‘zlariga ko‘ra, Italiyada vodorod texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha rejalar mavjud.






