Rossiyada -75°C sovuq: 97 yillik rekord yangilandimi?

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasidagi Yessey qishlog‘ida havo harorati -73-75 darajagacha tushgani haqida mahalliy aholi ma’lum qildi. Ammo, Markaziy Sibir gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi departamenti (MSGD) aholi xabarini tasdiqlay olmadi, chunki Yesseyda ob-havo stansiyasi yo‘q.

Mahalliy fuqaro Andrey Miroshkoning aytishicha, 10-yanvardan 11-yanvarga o‘tar kechasi qishloqqa -73-75 daraja sovuq tushgan. "Xo‘sh, bugun havo -64 daraja, lekin kecha Naberejnaya ko‘chasidagi fotosurat -72 daraja va hatto undan uchta bo‘linma pastroq bo‘lganini ko‘rsatgan edi. Bu esa amalda -75 daraja", - degan Andrey Miroshko.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, g‘ayritabiiy sovuqda bosh og‘rig’I kuzatiladi, nafas olish qiyinlashadi, ammo o‘tin, suv bor, qishloqda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lmagan, do‘konlar ham ishlamoqda.

MSGD ma’lumotlariga ko‘ra, Yesseyga eng yaqin aholi punktlarida ob-havo stansiyalari -53-54 daraja sovuqni ko‘rsatmoqda.

"Yesseyda ob-havo stansiyasi yo‘q, shuning uchun buni rasman tasdiqlay olmayman. U yerda mahalliy termometrlar -75 darajani ko‘rsatishi mumkin, ammo ularning ishonchliligiga shubha qilaman. Biz buni tasdiqlay yoki inkor eta olmaymiz", - degan MSGD xodimi Dmitriy Ulyanov.

P.S. Manbaalarga ko’ra, Rossiyada 97 yil avval rekord darajadagi past harorat -71 daraja bo'lgan va u Yoqutistonning Oymyakon qishlog‘ida qayd etilgan.