Rossiyadan O'zbekistonga maxsus temir yo'l qatnovlari yo'lga qo'yilmoqda

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ O'zbekistonga pandemiya davrida Rossiya hududida qolgan vatandoshlarni yetkazib berish maqsadida maxsus reyslarni amalga oshirmoqda.
27 avgust kuni soat 20:57 da 483-sonli yo'lovchi poyezdi Voljskiy-Toshkent yo'nalishi bo'ylab harakatlanadi.
30 avgust kuni soat 12:35 da 446-sonli yo'lovchi poyezdi Tolyatti-Toshkent yo'nalishi bo'ylab harakatlanadi.
Ushbu poezdlarga chiptalar faqat bir yo'nalishda sotiladi: Voljskiy-Toshkent va Tolyatti-Toshkent.
O'zbekistonda istiqomat qilayotgan fuqarolarimizning yaqinlari, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan e-ticket.railway.uz veb-sayti orqali chiptalarni elektron shaklda sotib olishlari va jo'natishlari mumkin.
Qo'shimcha ma'lumotni 1005 qisqa telefon raqami yoki temir yo'l kassalarida olish mumkin.






