Rossiyaga qarshi qanday sanksiyalar joriy etilmoqda?

AQSh, Buyuk Britaniya va ularning ba'zi ittifoqchilari Rossiya isyonchilar nazoratidagi ikkita hududni Ukrainadan alohida deb tan olgani uchun unga qarshi sanksiyalar joriy etdi.
Yevropa Ittifoqi 27 nafar rossiyalik shaxs va tashkilotlarga, shu jumladan banklarga ham sanksiya kiritmoqda. Bu, shuningdek, Yevropa kapital bozorlariga kirishni cheklaydi. Yevropa Ittifoqi banklaridan mablagʻ olish imkoniyatini cheklaydi hamda Yevropa Ittifoqi va isyonchilar nazoratidagi ikki mintaqa oʻrtasidagi savdoni taqiqlaydi.
Rossiya parlamenti quyi palatasining (Duma) 351 nafar deputati ham sanksiyalarga uchramoqda.
Seshanba kuni e'lon qilingan AQSh sanksiyalari Rossiyaning harbiy sa'y-harakatlarini moliyalashtirish qobiliyatiga putur yetkazishni maqsad qilgan. Ular Rossiyaning mudofaa sektori uchun muhim deb hisoblangan ikkita davlat bankini nishonga olishdi. Sanksiyaga uchraganlar endi AQShda biznes qila olmaydi yoki Amerika moliya tizimiga kira olmaydi.
Rossiya ikki respublikani tan olganidan keyin amerikaliklarga Lugansk va Donetsk hududlarida biznes faoliyati bilan shug’ullanish taqiqlanadi.
Oq uy “Rossiya Ukrainaga yana bostirib kirgan taqdirda” yanada kengroq sanksiyalar joriy etishi mumkinligini aytib o’tdi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham o’z navbatida Rossiyaning beshta banki va uchta boy rossiyalik biznesmenlariga qarshi sanksiyalarni e'lon qildi.






