Rossiyalik martabali mehmon ipakchilik istiqbollari bilan tanishdi

Moskvaning parlamentlararo madaniy va tashqi iqtisodiy hamkorlik byurosi boshlig‘i Marina Shmatova mamlakatimizda mehmon bo‘lib turibdi.
Ayni paytda Rossiyaning Janubiy Afrika bo‘yicha madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni yaratish va amalga oshirishda Moskva Parlamenti vakili sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan rasmiy bugun, 16 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Sharipov hamrohligida pillachilik va ipakchilik sohasi istiqbollari bilan tanishdi.
Martabali mehmonga ikkala sohada oxirgi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek, yurtimizda pilla yetishtirish, uni qayta ishlash va tayyor mahsulot ko‘rinishida xorij bozoriga eksport qilinishidagi jarayonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi.
O‘zaro suhbat jarayonlarida sohada chuqur qayta ishlash borasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bo‘yicha fikr almashildi.






