Rossiyaliklar o'z Instragram lariga ega bo'ldilar va uni Rossgram deb nomladilar

Rossgram muallifi tadbirkor Aleksandr Zobov bo'lib, u VKontakte va Telegram yaratuvchisi Pavel Durov bilan bir kursda o'qiganini ta'kidladi.

“Android va iOS uchun odatiy funksionallik va mobil ilovalarga ega Instagramning ruscha analogi 2022-yil 28-martdan ishga tushiriladi. Oddiy foydalanuvchilar uchun kirish 2022-yilning aprel oyida ochiladi”, — deyiladi Rossgram veb-saytida.

Qayd etilishicha, dastlab kirish faqat eng yaxshi bloggerlar va hamkorlar uchun ochiq bo‘ladi. Yangi ijtimoiy tarmoq qo'shimcha monetizatsiya vositalariga ega bo'ladi.

P.S. 14-mart kuni Rossiya Instagram ijtimoiy tarmog'ini blokladi biroq, ko'plab foydalanuvchilar VPN xizmatlaridan foydalangan holda ushbu tarmoqdan foydalanishni davom ettirdi.