Sahrodagi ekologik shaharcha

Dubay sahroda ekologik shaharcha quradi. Qayd etilishicha, ayni vaqtda shaharcha loyihasi tasdiqlangan bo‘lib, u o‘z ichiga ko‘p qavatli issiqxona, agrotexnologiya instituti, ekoturizm va sog‘lomlashtirish markazini oladi.
Ekologik shaharchani qurishdan maqsad Dubayga sifatli sabzavot-mevalarni yetishtirib va yetkazib berish, megapolisdan chiqayotgan zararli gazlarni kamaytirishdan iborat.
Shuningdek, 10 ming ish o‘rni yaratilishi kutilayotgan shaharchani nafaqat ishlab chiqarish, balki sayyohlik zonasiga aylantirish ham rejalashtirilmoqda.
Ta'kidlanishicha, bu majmua sho‘rlangan suvni qayta ishlash, chiqindilarni saralash va qayta ishlab chiqarishga iqtisoslashgan shaharga aylanishi kutilmoqda. Bundan tashqari, o‘simlik poyasiga o‘xshab ketuvchi issiqxonada sayyohlar uchun bo‘lmalar va ochiq ayvonlar ham quriladi.






