Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi bilan OAV va so‘z erkinligi masalalarini muhokama qildi

Bugun Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashdi.

Taʼkidlanishicha, uchrashuvda madaniy merosni asrab-avaylash, ommaviy axborot vositalari va soʻz erkinligini rivojlantirish hamda vaziyatni yaxshilash uchun davlatlar birgalikdagi hamkorligi kabi muhim masalalar koʻtarilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston va AQShning ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorligi, bugungi kunda respublikada bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

«Ta’lim strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Prezident Administratsiyasi xodimi sifatida men uchun bolalar va yoshlarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladim». – deb yozdi Saida Mirziyoyeva Telegram’dagi kanalida.