Saida Mirziyoyeva Oq uyda AQSH prezidenti administratsiyasi ma'sullari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oq uyda Jo Baydenning yordamchisi va AQSH prezidenti administratsiyasining gender siyosati bo‘yicha Kengashi direktori Jennifer Klyayn bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida - xotin-qizlarni gender zo‘ravonlikdan himoya qilish va O‘zbekistonda unga yo‘l qo‘ymaslik uchun amalga oshirilayotgan ishlar borasida suhbat olib borildi.
O‘zbekistonning Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar faqat qog‘ozda qolmasligi uchun zarur chora-tadbirlarni atroflicha muhokama qilindi. Jennifer Klayn bu borada amaliy yordam berishni taklif qildi.






