Saida Mirziyoyeva O'zbekistonning Islom sanʼati biennalesidagi ishtirokiga izoh berdi

Joriy yilning yanvar oyida Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) birinchi Islom sanʼati biennalesi boʻlib oʻtdi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva biennaleda O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish fondi tomonidan etnografiya va to‘qimachilikka oid noyob muzey eksponatlari to‘plami taqdim etilganini ta’kidladi.

Ko'rgazmada 17 ta muzey buyumlari namoyish etilgan. Ular orasida XVII asr Imom Al-Buxoriyning "Al-jome as-sahih" hadislari to'plami, X—XII asr Samarqand va Afrosiyobda yasalgan sopol idishlar va kosalar, shuningdek, O'zbekiston davlat san'at muzeyi kolleksiyasidan milliy kiyim va poyabzallar bor. Kattalangar Qur'onining to'rtta sahifasi ekspozitsiyada alohida o'rin tutadi, ulardan ikkitasi birinchi marta omma e'tiboriga namoyish etilmoqda.

"Bunday tadbirlar mamlakatimizning boy madaniyatini xorijlik tomoshabinlarga namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir", – dedi Saida Mirziyoyeva.

23-yanvar kuni Jidda shahrida birinchi Islom san’ati biennalesi ochildi. U Diriya Biennale fondi tomonidan Saudiya Arabistoni Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ishtirokchi davlatlar qatoriga Mali, Misr, Tunis, Gretsiya, Ummon, Qatar, Ozarbayjon va O‘zbekiston kiradi.

Jiddadagi Islom san'ati biennalesi 23-aprelgacha tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi.