Samarqand aeroportida butasimon va manzarali daraxt nihollari ekilmoqda

Samarqand aeroportida 25 turdagi jami 700ga yaqin butasimon va manzarali daraxt nihollari ekilmoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomuradov Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Alisher Raimjanov hamrohligida Samarqand xalqaro aeroportida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Yangidan barpo etilayotgan mazkur aeroport hududida kashtan, katalpa, akatsiya, qrim qarag‘ayi kabi 25 turdagi 150 tupdan ortiq manzarali va 500 tupdan ortiq butasimon daraxtlar ekilmoqda.