Samarqand deklaratsiyasinining mazmun-mohiyati qanday?

Xabar berganimizdek, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari tor va kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvlar yakunlariga koʻra sammitning asosiy hujjati – Samarqand deklaratsiyasini imzoladilar.
Asosiysi:
SHHT Afg‘onistondagi vaziyatni qisqa muddatda hal etish vazifasini xavfsizlikni mustahkamlashning eng muhim omili sifatida belgilab berdi;
SHHT davlatlari yadro qurolini tarqatmaslik va yadroviy qurolsizlanishni davom ettirishni yoqlab chiqdi;
SHHT a’zolari koronavirusga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini ta’kidladilar;
SHHT adolatli dunyo tartibini va faqat inson taqdiriga asoslangan jamiyat haqida umumiy tasavvurni shakllantirishni yoqlaydi;
SHHT iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llash, BMT xavfsizlik Kengashidan bundan mustasno, xalqaro huquq tamoyillariga mos kelmaydi, degan qarashni yoqlaydi.
P.S. ShHTga aʼzo davlatlar davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi 2023-yilda Hindistonda boʻlib oʻtadi.






