Samarqand Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 22-24-sentabr kunlari Samarqand shahrida suzish bo‘yicha X-Osiyo chempionati o‘tkaziladi.

Osiyo suzish federatsiyasi boshchiligida o‘tadigan mazkur nufuzli musobaqada qit’aning ko‘plab nomdor sportchilari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.

Ayni paytga kelib tashkilotchilar tomonidan tayyorgarlik ishlarining so‘nggi bosqichi olib borilmoqda. Kuni kecha tarixiy qit’a chempionati g‘olib va sovrindorlariga beriladigan medallarning ko‘rinishi tashkilotchilar tomonidan namoyish etildi.

Medalning old qismidan Osiyo chempionatining ramzi o‘rin olgan. Medalning orqa qismida esa dunyoga mashhur Registon maydoni, Osiyo suzish federatsiyasi nomlanishining qisqartmasi hamda qit’a chempionati o‘tkaziladigan sana ko‘rinishi o‘rin olgan.